MatiVit

Qoʻllash boʻyicha yoʻriqnoma
Mativit (Mativit)

 

Bir kapsula tarkibida:
Faol moddalar:
N atsetil L sistein – 90 mg
Betain – 200 mg
B2 vitamini – 1,8 mg
B6 vitamini – 1,6 mg
B12 vitamini – 2 mkg
Foliy kislotasi – 200 mkg
Yordamchi moddalar: Maltodekstrin

Faol komponentlar xususiyatlari:
B2 vitamini – jigar, buyrak, shampinyon qoʻziqorini, oq qoʻziqorinlar, hamirturush, tuxum, tvorog, sut, sabzavotlar, mevalar, goʻsht tarkibida mavjud.
Riboflavin fotoretsepsiya jarayonlari uchun zarur (koʻrish purpurining qurilishida ishtirok etadi), koʻz toʻr pardasini ultrabinafsha nurlar ortiqcha taʼsiridan himoya qiladi, normada koʻrishni – rang va yoruqlikni koʻrishning oʻtkirligini, qorongʻulikda moslashishni taʼminlaydi. Riboflavin yetishmagan hollarda koʻrish aʼzolarida oʻzgarishlar nomoyon boʻladi: koʻz va qovoqlarning achishi , “koʻzlarning qizarishi” (qon tomirlarning uzilishi), yoruqlikdan qoʻrqish, muguztaroqning vaskulyarizatsiyasi, konyunktivit, keratit va baʼzi hollarda — katarakta.
B6 vitamini – modda almashinuvi jarayonlarida, eritrotsitlar va gemoglobin ishlab chiqarilishida ishtirok etadi. Asab tizimining normada amal qilishiga yordam beradi, emotsional-ruhiy holatni boshqarishni shakllantirishda ishtirok etadi, yoshga tegishli makulyar distrofiya, koʻz toʻr pardasi distrofiyasi, glaukoma rivojlanishiga toʻsqinlik qiladi.
Foliy kislotasi – hujayralar oʻsishi va organizmning rivojlanishida (shu jumladan homilaning oʻsishida), immunitet, yurak va tomirlarning toʻgʻri ishlashi, aminokislotalar sintezida ishtirok etadi. Eritrotsitlarning normada yetilishini taʼminlashda ishtirok etadi.
B12 vitamini – jigarda aktiv shaklga aylanadi va tana aʼzolarining normadagi metabolizmi jarayonlarini taʼminlashda ishtirok etuvchi koʻp sonli ferment tizimlar tarkibiga kiradi. Qon yaratilishi jarayonlarida ishtirok etadi – eritrotsitlar yetilishi, koʻzda qon aylanishini normaga keltirishga yordam beradi.
N atsetil L sistein – organizmimizdagi eng muhim antioksidant – glutationni toʻldirish uchun zarur, u organizmdagi hujayra va toʻqimalarni shikastlantirishi mumkin boʻlgan erkin radikallarni neytralizatsiya qilishga yordam beradi.
Betain – glitsin aminokislotasi hosilasi, ovqat hazm qilish fermentli funksiyasiga ega, modda almashinuv jarayonlariga ijobiy taʼsir koʻrsatadi, yogʻlar, oqsillar va karbon suvlarni hazm qilishni yaxshilaydi, oqibatda ovqatning sifatli hazm qilinishiga yordam beradi.

Quyidagi hollarda qabul qilish tavsiya qilinadi:
Mativit kompleksi organizm uchun foydali biologik faol moddalar va mikronutriyentlar manbasi sifatida vitaminlar, minerallar va mikroelementlarda ehtiyoj yuqori boʻlgan hollarda (uzoq muddatli parxez, ovqatlanishda sabzavot va mevalar yetishmaganda, qishda va bahorda) tavsiya etiladi.
Mativit kompleksi shuningdek immun salomatlikni, yurakning normada ishlashiga yordam berish va toʻr parda qon tomirlarini mustahkamlash, koʻrishni normada boʻlishini – rang va yoruqlikni koʻrishning oʻtkirligini taʼminlashda tavsiya etiladi .
Biologik faol qoʻshimcha asab tizimini mustahkamlashga yordam beradi, stresslarning koʻrish aʼzolari va umuman organizmga salbiy taʼsirini yumshatadi, koʻrish organining yosh bilan bogʻlik va distrofik oʻzgarishlarni toʻxtatib turishga yordam beradi.
Mativit kompleksi kuchni tez tiklash uchun foydali, ogʻir kasalliklardan soʻng reabilitatsiya davrida qoʻshimcha vosita sifatida qoʻllanilishi mumkin.
Mativit kompleksi sportchilar uchun kuchli jismoniy yuklamalarni bajarishda va astenopiyali kishilarga foyda keltirishi mumkin, deb hisoblanadi.

Qoʻllash usullari va dozalar:
Preparat ichga qabul qilinadi. 6 yoshdan oshgan bolalar va kattalarga 1 tabletkadan kuniga bir marta ovqatdan soʻng. Qabul qilish davomiyligi organizm holati bilan bogʻliq.

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar:
Preparat komponentlarga yuqori darajada sezuvchanlik, 6 yoshgacha bolalar. Homilador va koʻkragi bilan emizuvchi ayollarga faqat mutaxassis maslahatidan soʻng.

Nojoʻya taʼsirlar:
Toshma, teri qichishi, eshak emi koʻrinishidagi allergik reaksiyalar namoyon boʻlishi mumkin. Nojoʻya taʼsirlarning rivojlanishi preparatdan voz kechish uchun asos boʻlib xizmat qiladi.
Nojoʻya taʼsirlar namoyon boʻlishi bilan, dori qabul qilishni toʻxtatish va shifokorga murojaat qilish zarur.

Alohida koʻrsatmalar:
BFQ dori vositasi emas.
Qoʻllashdan avval mutaxassis bilan maslahat qiling.

Chiqarilish shakli: Kapsulalar shaklida chiqariladi.

Saqlash sharoitlari: Quruq, yorugʻlikdan himoyalangan va bolalar ololmaydigan joyda, 25°C dan oshmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati: 2 yil.