OmeVit

OMEVIT
Biologik faol qo’shimcha
QO’LLANISHI BO’YICHA YO’RIQNOMA

 

Bitta «A» kapsula tarkibi:
Faol moddalar:
Omega-3 – 500 mg
Bitta «B» kapsula tarkibi:
Chernika kukuni – 100 mg, Uzum danaklari ekstrakti – 60 mg, Sitrusli bioflavonoidlar – 60 mg Lyutein – 10 mg, Zeaksantin – 500 mkg, Vitamin E – 10 mg (10 MY ekvivalenti),
Vitamin A – 800 mkg ( 2664 MY ekvivalenti), Vitamin D3 – 10 mkg (400 MY ekvivalenti), Beta-karotin – 6 mg, Oksid ruxi – 10 mg.
Yordamchi moddalar: maltodekstrin.

Tarkibi:
Omega – 3 kattalar va bolalar uchun sog’lom ovqatlanish komponentlaridan biri hisoblanadi, modda almashinuvining shakllanishi va normal xarakatini hamda aksariyat organlar va tizimlar (markaziy asab tizimi, yurak, tomirlar, ko’rish) faoliyatini ta’minlash uchun qo’llaniladi. Omega -3 xujayralar membranasi tuzulmasini va ularning funksional tarkibini yaxshilaydi, lipoproteidlarni fermentlar bilan o’zaro ta’siri va umuman olganda lipoproteidlar metabolizmini yaxshilaydi.
Chernika – tabiiy karotinoid, tarkibida pirokatexinlar, shakar, organik kislotalar, ( limonli, olmali, qahraboli), mineral moddalar: kaliy, natriy, magniy, kalsiy, temir, oltin gugurt, fosfor preparatlari mavjud. Kompleks holatda ular bioximik jarayonlarda va ko’rish tizimidagi xujayralarning funksional faolligi bilan bog’liq metabolizmda ishtirok etadilar.
Uzum danagi ekstrakti o’z tarkibida tabiiy antioksidantlar, kversetin, katexinlar, resveratrol, piknogenol, lyutein, zeaksantin, bioflavonoidlar, vitaminlar va mikroelementlar jamlagan – yurak qon tomirlari tizimida, ovqat xazm qilish organlari, lipidlar almashinuvida fiziologik jarayonlarni tezlashtirish bilan katalizator sifatida xujayraviy nafasda ishtirok etadi.
Lyutein – bu tuxum sarig’ida, shuningdek ko’plab o’simliklarning ayrim suv o’tlarida uchrab turuvchi sariq pigment hisoblanadi. Lyutein ko’zimizning pardasida ham mavjud, u yerda u ko’rish organlaridagi normal fiziologik jarayonlar uchun muhim.
Zeaksantin – bu kelib chiqishi o’simlik mahsulotlarida uchraydigan karotinoidlar guruhidagi tabiiy o’simlik pigmentidir. Odam organizmida zeaksantin qon zardobida va sariq dog’ deb ataluvchi ko’z pardasida yig’iladi hamda ko’rish organlarining to’g’ri faoliyat yuritishiga katta ta’sir ko’rsatadi.
Vitamin A, Vitamin D, Vitamin Ye yoki retinol – inson uchun hayotiy muhim va zarur vitaminlardan biri hisoblanadi, u yog’erituvchi sinfiga mansub, shuning uchun organizmda yog’lar bo’lsa ham hammadn yaxshi singib ketadi. Organlar va tizimlarning fiziologik regulyatsiyasi bilan bog’liq bosh biokimyoviy jarayonlarda ishtirok etadi.
Beta-karotin «A» vitaminining yengil xazm bo’luvchi shakli hisoblanadi. Turli metabolik jarayonlar aktivatsiyasi omili hisoblanadi. Antigipoksik ta’sir ko’rsatadi va xujayralarni energetik substratlar bilan ta’minlashning biokimyolashda ishtirok etadi.
Rux xujayralarga membranalarni kirishining barqarorlashuviga yordam beradi, ularni erkin radikallarning shikastlovchi ta’siridan himoyalaydi. Shuningdek u immun xujayralarning kuchaytirish shakillantirish va differensiyasi hisobiga umumiy immunitetni mustahkamlaydi. Betakarotin va ruxni iste’mol qilish normal ko’rish qobiliyatini tutib turishga yordam berishi ilmiy isbotlangan.

Qo’llanilishi bo’yicha tavsiyalar:
BAD Omevit o’zida muvaffaqiyatli tanlangan vitaminlar kompleksini, inson organizmiga umumiy xususiyati bilan ta’sir ko’rsatuvchi aminokislotalar va mikroelementlar, shuningdek ko’rish organlarining fiziologik vazifalarini namoyon etadi:
– organizmga ovqat bilan yetarli miqdorda kelib tushmaganda (etarli ovqatlanmaslik, uzoq muddat parhezda yurish, noqulay ekologik sharoit va b.) organizm uchun zarur qo’shimcha manba sifatida biologik aktiv moddalar;
– zaxarli moddalar almashinuvi ta’siridan (erkin radikallar), ko’zning toliqishidan ko’zni mustahkamlash va himoyalash uchun vitaminlar va mikro elementlarning qo’shimcha manbayi sifatida tavsiya etiladi;
– Omevit ko’z va pardani quyosh nurining agressiv ta’siridan himoyalash, ko’rishdagi zo’riqish, charchash (uzoq muddat mutoala qilish, kompyuterda ishlash va b.)da yordam berishda ishtirok etadi;
– immunitetni ko’taradi va ko’z xujayralarida qon aylanishini yaxshilaydi. Ko’rish organlarining yoshga aloqador vazifalari o’zgarishini sekinlashtirishga yordam beradi.

Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar:
BAD komponentlariga individual ta’sirchanlikda qo’llash mumkin emas.
Qo’llash usuli va dozirovka:
Kattalar va 12 yoshdan katta bolalarga 1 “А” kapsuladan va 1 “B” kapsuladan kuniga bir marta.
Alohida ko’rsatmalar:
Dori vositasi hisoblanmaydi
Yaroqlilik muddati: 2 yil
Saqlash sharoiti:
BFQni 10°C dan 30°S gacha bo’lgan haroratda quruq, bolalar qo’li yetmaydigan joyda saqlash tavsiya etiladi.
Ishlab chiqarish shakli:
Kapsulalarda.