OmeVit Chernika

OmeVit Chernika
Qoʻllanish boʻyicha yoʻriqnoma

 

Ishlab chiqarilish shakli: flakonlarda 250 ml dan sirop

100 ml siropning tarkibi
Faol tarkibiy qismlari:
50 ml boyitilgan suyuq chernika ekstrakti:
Kaliy, Kalsiy, Temir, Marganes, Mis, Rux, B1 vitamini, B2 vitamini, B5 vitamini, B6 vitamini, K vitamini, C vitamini, E vitamini, A vitamini, PP vitamini, Niatsin, Arginin, Valin, Gistidin, Izoleysin, Leysin, Fenilalanin, Tirozin, Linol va Linolen kislotasi, Beta karotin.
Yordamchi tarkibiy qismlari: glitserin, propilparaben, aspartam, 70 % li suyuq sorbitol, metilparaben.

Faol tarkibiy qismlarining xossalari:
Chernika ekstrakti inson organizmi toʻla oʻzlashtiradigan shakldagi temirning boy manbai hisoblanadi. Shuningdek, tarkibida insonning toʻlaqonli hayot faoliyati uchun beqiyos kislotalar, xususan qahrabo, olma, xinin, shovul, sut, limon kislotalari, shuningdek B, PP, C, K, E guruh vitaminlari, kaliy, marganes, mis, xrom, rux, fosfor, oltingugurt kabi eng muhim mikro va makroelementlar mavjud. Bundan tashqari, tarkibida oshlovchi moddalar hamda efir moylari bor.
Chernika ingrediyentlari birgalikda modda almashinuvini meʼyorlashtiradi, antioksidant xossalarga ega. Bunda qon aylanishi va toʻqimalarning kislorod bilan toʻyinishi yaxshilanadi, bu ayniqsa koʻrish organlarida yaqqol seziladi.
OmeVit Chernika tarkibidagi vitaminlar va mikroelementlar fiziologik samaralariga muvofiq ravishda mahsulotning asosiy tarkibiy qismlari xossalarini kuchaytiradi.

Qoʻllanilishi:
OmeVit Chernika BFQ vitaminlar, minerallar va boshqa biofaol moddalar bilan boyitilgan tabiiy mahsulot hisoblanadi. Mahsulotning yuqorida koʻrsatilgan xossalari uni eng avvalo koʻrish organlarining meʼyordagi fiziologik funksiyalarini saqlab turish uchun muvaffaqiyat bilan tavsiya etish imkonini beradi:
– erkin radikallarning koʻz toʻrpardasiga zararli taʼsirini pasaytiradi, koʻrish organining turli boʻlimlariga oziqa moddalari va kislorod yetkazib beruvchi qon tomirlarining mustahkamlanashiga yordam beradi.
-biologik faol moddalar toʻrpardaning yorugʻlikka sezuvchanligini oshiradi, shuning uchun odam gʻira-shira paytda va qorongʻulikda yaxshiroq koʻra boshlaydi;
– koʻzning charchogʻini oladi va koʻz ichidagi suyuqlik oqishini yaxshilaydi, bu koʻz ichidagi bosimni fiziologik normada saqlab turish imkonini beradi;
Siropni qoʻllanish shuningdek immun kuchlarini mustahkamlashga va organizmning koʻplab noxush omillar (infeksiyalar, shamollash jarayonlari, stresslar, ortiqcha jismoniy va aqliy yuklamalar)ga moslashish imkoniyatlarini oshirishga yordam beradi.
OmeVit Chernika biokomponentlari gemoglobin darajasini tezda tiklash bilan bogʻliq holda qon ishlab chiqarilishiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi, yurak funksiyasini qoʻllab-quvvatlaydi, tomirlar holatini va organlarning qon bilan taʼminlanishini yaxshilaydi.
Ekstraktlar ishtahasi pasaygan shaxslar uchun ham foydali hisoblanadi, ular ovqat hazm qilish, jigar, oʻt qopi funksiyasini yaxshilaydi. Ularning metabolizmni faollashtirish qobiliyati shlaklarni chiqarishga yordam beradi, siropda antioksidantlar miqdorining koʻpligi uni mustahkamlaydi va organizmga yoshartiruvchi taʼsir koʻrsatadi.

Qoʻllanish usuli:
Qoʻllanish oldidan chayqatilsin. Kattalar va 3 yoshdan katta bolalarga bir kunda 1 choy qoshiqdan (5 ml) 2-marta ovqatlanish vaqtida. Qabul qilish davomiyligi 3-4 hafta. Zarurat boʻlsa takroriy qabul qilish mumkin.

Qarshi koʻrsatmalar:
Mahsulot tarkibiy qismlariga shaxsiy taʼsirchanlik, homiladorlik, emizish. Tarkibida shirin maza beruvchi modda (sorbit) mavjud boʻlib, haddan ortiq koʻp isteʼmol qilishda ichni yurishtiruvchi taʼsir koʻrsatishi mumkin. Qoʻllanishdan oldin vrach bilan maslhatlashish zarur.

Yaroqlilik muddati: 2 yil

Saqlash sharoitlari:
Yorugʻlikdan himoyalangan, bolalar ololmaydigan joyda +25°C dan yuqori boʻlmagan haroratda saqlansin. Flakon ochilganidan soʻng sovitkichda koʻpi bilan 1 oy saqlansin.

Biologik faol qo’shimcha.
Dori vositasi emas.