OmeVit KIDS


OMEVIT KIDS
QO’LLASH BO’YICHA YO’RIQNOMASI

 

Ishlab chiqarilish shakli: Chaynaladigan marmeladlar

1 marmelad tarkibi
Faol moddalar:
Lyutein – 6 mg,
Zeaksantin – 300 mkg,
Omega-3 yog’li kislotalar – 70 mg
Yordamchi moddalar: Glyukoza siropi, saxaroza, suv, jelatin, limon kislotasi, tabiiy aromatizator.

Tarkibi: Lyutein bu ko’plab o’simliklar, ayrim suv o’tlari tarkibida bo’ladigan sariq pigment. Antioksidantlarga tegishli va modda almashinuvidagi zararli mahsulotlar bilan kurashishda yordam beradi. Shuningdek u ko’z pardasida joylashgan bo’lib, ko’rish qobiliyatining normal fiziologik jarayonlari uchun juda muhim.
Zeaksantin – bu kelib chiqishi o’simlik mahsulotlarida uchraydigan karotinoidlar guruhidagi tabiiy o’simlik pigmentidir. Odam organizmida zeaksantin qon zardobida va sariq dog’ deb ataluvchi ko’z pardasida yig’iladi hamda ko’rish organlarining to’g’ri faoliyat yuritishiga katta ta’sir ko’rsatadi.
Omega – 3 kattalar va bolalar uchun sog’lom ovqatlanish komponentlaridan biri hisoblanadi, modda almashinuvining shakllanishi va normal xarakatini hamda aksariyat organlar va tizimlar (markaziy asab tizimi, yurak, tomirlar, ko’rish) faoliyatini ta’minlash uchun qo’llaniladi. Omega-3 xujayralar membranasi tuzulmasini va ularning funksional tarkibini yaxshilaydi, lipoproteidlarni fermentlar bilan o’zaro ta’siri va umuman olganda lipoproteidlar metabolizmini yaxshilaydi.

Qo’llanilishi bo’yicha tavsiyalar
Yuqorida qayd etilgan komponentlar organizmda yaxshi xazm bo’ladi va ular organizmga albatta ovqat bilan yoki ovqatga biologik aktiv qo’shimcha shaklida tushishi shart.
BFQ Omevit Kids o’zida quyidagi moddalarning muvaffaqiyatli tanlangan kompleksini namoyon etadi va bolalarga ham tavsiya etilishi mumkin:
– organizmga ovqat bilan yetarli miqdorda kelib tushmaganda (etarli ovqatlanmaslik, uzoq muddat parhezda yurish, noqulay ekologik sharoit va b.) organizm uchun zarur qo’shimcha manba sifatida biologik aktiv moddalar, avvalambor ko’rish qobliyatini mustahkamlaydi;
– zaxarli moddalar almashinuvi ta’siridan (erkin radikallar), quyosh nurining agressiv ta’siridan ko’zni himoyalaydi;
– ko’rishdagi zo’riqish, charchash (uzoq muddat mutoala qilish, kompyuterda ishlash va b.)da yordam beradi;
– immunitetni ko’taradi va ko’z xujayralarida qon aylanishini yaxshilaydi;
– sezilarli aqliy zo’riqish vaqtida qo’llash, e’tiborni jamlash, xotira va miya faoliyatini qo’llab turish uchun tavsiya etiladi.

Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar:
BFQ komponentlariga individual ta’sirchanlikda qo’llash mumkin emas.

Qo’llash usuli va dozirovka:
3 yoshdan 6 yoshgacha bo’lgan bolalarga 1 marmeladdan ozuqoviy qo’shimcha sifatida kuniga 1 marta.
12 yoshdan katta bolalarga va kattalar uchun 1-2 marmeladdan ozuqoviy qo’shimcha sifatida kuniga 1 marta.

Alohida ko’rsatmalar:
Dori vositasi hisoblanmaydi

Yaroqlilik muddati: 2 yil

Saqlash sharoiti:
Bolalar qo`li yetmaydigan, yorug`likdan himoyalangan joyda, harorati +25°C dan yuqori bo`lmagan joyda saqlansin.