Sinureks

SINUREKS
Biologik faol qo’shimcha
QO’LLANISHI BO’YICHA YO’RIQNOMA

 

Ishlab chiqarish shakli: kapsulada kukun

Bitta kapsula tarkibi
Faol moddalar:
Mavrak dorivor barglar quruq ekstrakti………………………..16,0 mg
Gajak o’t sariq ildiz quruq ekstrakti………………………………5,0 mg
Navro’zgul gulkozasi bilan quruq ekstrakti…………………..16,0 mg
Marjon qora to’pgul quruq ekstrakti……………………………..16,0 mg
Tizimgul dorivor o’ti quruq ekstrakti……………………………..16,0 mg
Evkalipt barglari quruq ekstrakti………………………………….2,0 mg
Yordamchi moddalar: Maltodekstrin

Biokimyoviy tarkibi va faol moddalar xususiyati
Dorivor mavrak ekstrakti o’zida efir va o’simlik moylari, C, P, E va B6 vitaminlari, flavonoidlar, terpenoidlar, aminokislotalar (letsitin), tabiiy antibakterial modda solainni mujassam etgan. Ular organizm tomonidan yengil qabul qilinadi, antioksidant xususiyatlariga ega, shuningdek, epitelial to’qimalarni zichlash bilan birga ularni zarar keltiruvchi omillar ta’siridan saqlash xususiyatlariga ega.
Gajak o’t shunday komponentlarni o’z ichiga oladiki, ular gajaklar (gensiopikrin, amarogistinning induvidual qo’shilmasi, flavonoidlar), alohida vitaminlar va mineral moddalar hamda bir qator organik kislotalar.
Dorivor tizimgul flavonoidlar, glikozamidlar, achchiq qo’shilmalar, efir moylari, makro va mikro elementlarga boy.
Marjon gullari flavonoidlarga boy bo’lib, ular orasida rutin, kversatin alohida qiymatga ega. Shuningdek tarkibida terpenoidlar, shakar, bog’lovchi moddalar, makro va mikroelementlar mavjud.
Navro’zgul karotinoidlar va flavonoidlar, B (B1, BC, PP) guruhlaridagi C,P vitaminlari, organik kislotalar, alohida makro va mikroelementlardan iborat.
Evkalipt ekstrakti deyarli 40 komponentdan tashkil topgan bo’lib, ulardan asosiylari bular, efir moylari (tsineol, evkaliptol), teri oshlovchi moddlar, gallotaninlar, kumar va korich kislotalardir. Katta miqdorda mikro va makroelementlar (kalsiy, magniy, kaliy, temir, mis, marganets, kobalt, nikel, kremniy, bor va b.)ni, qatron, pinenlar, ketonlar, aldegidlar, terpenli birikmalar, spirtlar va karbonil birikmalar – gorech va fitonsidlarni o’z ichiga oladi.
Hammasi bo’lib, mahsulotning o’simlik komponentlari qimmatli bilogik xususiyatlarga ega va metabolik jarayonlarga faol qo’shilib ketadi. Shu bilan birga quyidagilarni ko’rsatadi:
– Antioksidant ta’sir va shakllanishni barqarorlashtirish hamda immun hujayralarning differensiyasi;
– Zararli mikroorganizmlarning o’sishini to’xtatuvchi ta’siri;
– Shamollash jarayoni omillarining sintezini to’g’rilash;
– Shilliq tomirlarning morfofunksional xususiyatiga mustahkamlovchi ta’siri.

Qo’llanilishi
Yuqori nafas olish yo’llarining salomatligi ko’p hollarda burun, hiqildoq va tomoq bo’shliqlarining normal fuksional holatiga bog’liq. Sinurex o’simlik kompleksining samaradorligi uning biologik faol moddalari va shilliq burun bo’shliqlarining har tomonlama ijobiy ta’siri bilan izohlanadi.
Mahsulot, shamollash alomatlarida – kattalar va bolalarda doimiy burunning “oqishi”, burun bo’shlig’idan oqayotgan shilliqlarni olib tashlashni yengillashtirish, burun bo’shlig’i va sinuslar drenaji va ventilyatsiyasini ta’minlashda ishga solish profilaktikasi uchun tavsiya etiladi.
Sinureksni qo’llash kapillyarlarni mustahkamlaydi, u yerdagi qon aylanishini yaxshilaydi va shishish hamda shilliq burun bo’shlig’idagi sekretsiya faolligining rivojlanishiga to’sqinlik qiladi.
Sinurexning bioaktiv moddalar kompleksi burun shilliq pardasining mahalliy immunitetini mustahkamlash bilan birga LOR organlarning o’tkir respirator kasalliklariga organizmning umumiy rezistentligini oshiradi. Nafas olish yo’llaridagi shamollash jarayonini qo’zg’atuvchi patogen mikroorganizmlar rivojlanishiga to’sqinlik qilish uchun sharoit yaratadi.
Nafas olish tizimining normal fiziologik faoliyatni qo’llab quvvatlab turish uchun umumiy kayfiyatni, insonning jismoniy va aqliy faolligini yaxshilashga xizmat qiladi.

Qo’llash usuli
Kattalar va 6 yoshdan katta bolalarga 2 kapsuladan kuniga 2-3 mahal 10-15 kun davomida iste’mol qilish tavsiya etiladi. Qabul qilish kursi mutaxassis tavsiyasiga ko’ra takrorlanishi mumkin.

Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar
Mahsulot komponentlariga o’ta shaxsiy sezuvchanlik. Homilador va emizikli ayollarga, 6 yoshgacha bolalarga.

Nojo’ya ta’sirlari
Sinurexning yengil ta’siri deyarli nojo’ya ta’sir ko’rsatmaydi. Ayrim hollarda allergik reaksiya bo’lishi mumkin. Holat o’zgarishning ilk alomatlari paydo bo’lganda preparatni qabul qilishni to’xtatib, shifokorga murojaat etish zarur.

Saqlash sharoiti
Qorong’i va quruq joyda, 25 °C oshmagan haroratda saqlang.