Sinureks sirop

SINUREKS
Biologik faol qo’shimcha
QO’LLANISHI BO’YICHA YO’RIQNOMA

 

Chiqarilish shakli, tarkibi va qadogʻi:
100 ml – qoramtir shishali flakonlar. Sariqsimon-jigarrang tusdagi shaffof suyuqlik koʻrinishidagi, iforli hidli ichga qabul qilish uchun sirop; saqlash jarayonida yengil xiralashish yoki unchalik katta boʻlmagan choʻkmalarning tushish ehtimoli mavjud.

Faol moddalar: Suv-spirtli ekstrakt 29 g (dorivor oʻsimlik xomashyosining quyidagi turlari aralashmasidan): parpigul ildizlari (Gentianalutea) – 0.2 g, navroʻzgul gullari (Primulaveris) – 0.6 g, evkalipt barglarining quruq ekstrakti – 0.002 g, marjon gullari (Sambucusnigra) – 0.6 g, tizmagul oʻti (Verbenaofficinalis) – 0.6 g. Etanolning miqdori 16.0-19.0% (o/o).
Yordamchi moddalar: kaliy sorbat, apelsin ta’mli aromatizator, gliserin, 70% li suyuq sorbitol, tozalangan suv – 71 g.

Faol moddalarning biokimyoviy tarkibi va xususiyatlari:
Dorivor marmarak ekstrakti tarkibida efir va oʻsimlik moylari, С, Р va В6 vitaminlari, flavonoidlar, terpenoidlar, aminokislotlar (letsitin), solvin tabiiy antibakterial modda mavjud. Ular organizm tomonidan yengil qabul qilinadi, antioksidant xususiyatlar, shuningdek ularni yalligʻlantiruvchi va zararlantiruvchi omillar taʼsiridan saqlagan holda epitelial toʻqimalarni zichlash qobiliyatiga ega.
Parpigul tarkibida zardob (gensiopikrin, amarogistin shaxsiy birikmalari, flavonoidlar), alohida vitaminlar va mineral moddalar hamda bir qator organik kislotalar kabi komponentlar mavjud.
Dorivor tizmagul flavonoidlar, glikozidlar, achchiq birikmalar, efir moylari, makro- va mikroelementlarga boy.
Marjon gullari flavonoidlarga boy, ularning orasida rutin, kversetin alohida o’ringa ega. Shuningdek tarkibida terpenoidlar, shakar, burishtiradigan moddalar, makro- va mikroelementlar mavjud.
Navroʻzgul oʻz ichiga karotinoidlar va flavonoidlar, С, Р, В guruhi (В1, ВС, РР) vitaminlari, organik kislotalar, alohida makro- va mikroelementlarni oladi.
Evkaliptdagi ekstrakt deyarli 40 ta komponentlardan iborat, ulardan asosiylari bu: efir moylari (sineol, evkaliptol), oshlovchi moddalar, gallotaninlar, zira va dolchin kislotalari. Tarkibida katta miqdordagi mikro- va makroelementlar (kalsiy, magniy, kaliy, temir, mis, marganes, kobalt, nikel, kremniy, bor va hokazo), saqich, pinenlar, ketonlar, aldegidlar, terpen birikmalari, spirtlar va karbonil birikmalari – zardoblar va fitonsidlar mavjud.
Mahsulotning oʻsimlik komponentlari jamlanmada alohida biologik xususiyatlarga ega va faol ravishda metabolik jarayonlarga kirishishadi. Bunda quyidagilarni koʻrsatishadi:
– antioksidant taʼsir va immun hujayralarning hosil boʻlishi va differensiatsiya qilinishini ragʻbatlantirish;
– zararli mikroorganizmlarning oʻsishiga bostiruvchi taʼsir;
– shamollash jarayoni omillari sinteziga toʻgʻrilash;
– qon tomirlar, shilliq pardalarning morfofunksional xususiyatlariga mustahkamlovchi taʼsir.

Qoʻllashga koʻrsatmalar:
Yuqori nafas olish yoʻllarining salomatligi koʻp jihatdan burun shilliq qavati va burun boʻshligʻi, tomoq va boʻgʻizning normal funksional holatini ushlab turish bilan bogʻliq. Sinureks oʻsimlik majmuasining samaradorligi burun boʻshligʻining shilliq qavatiga uning biologik faol moddalarining har tomonlama ijobiy taʼsiri bilan izohlanadi.
Mahsulot, shamollash alomatlarining ishga tushirish mexanizmi – kattalar va bolalarda burunning doimo “shilliqlanishi”ni profilaktika qilish uchun tavsiya etiladi, burun boʻshligʻi qavatidan yopishqoq qattiq shilimshiqni yoʻqotishni yengillashtirish uchun burun boʻshligʻi va sinuslarining yaxshi ventilyatsiyasi va drenajini taʼminlaydi.
Sinureks preparatining qoʻllanilishi – qon tomirlarni mustahkamlaydi, u yerdagi qon aylanishini yaxshilaydi va burun boʻshliqlari shilliq qavatlarining sekretor faolligi rivojlanishiga toʻsqinlik qiladi.
Sinureks biofaol moddalarning majmuasi ham burun shilliq qavatining mahalliy immunitetining mustahkamlanishi, hamda LOR aʼzolari oʻtkir respirator kasalliklariga organizmning umumiy rezistentliligining oshishiga xizmat qiladi. Nafas olish yoʻllarining shamollash jarayonlarini qoʻzgʻatuvchi patogen mikroorganizmlarning rivojlanishiga toʻsqinlik qiluvchi sharoitlar yaratiladi. Nafas olish tizimining fiziologik funksiyasini normal holatda ushlab turish, insonning jismoniy va aqliy faolligining yaxshilanishiga xizmat qiladi.

Dozalashtirish tartibi:
– 2 yoshdan 6 yoshgacha bo’lgan bolalarga (2,5ml) yarim o’lchov qoshiqdan kuniga 2-mahal.
– 6 yosgdan 12 yoshgacha bo’lgan bolalrga (5ml) bir o’lchov qoshiqdan kuniga 2-mahal.
– 12 yoshdan kata bo’lgan yoshdagilarga (10ml) ikki o’lchov qoshiqdan kuniga 2-mahal.

Agar simptomlar 7-14 kundan ortiq saqlanib qolsa yoki vaqti-vaqti bilan takrorlansa, u holda shifokor bilan maslahatlashish kerak.
Qoʻllashdan avval preparatni chayqatish lozim.

Nojoʻya taʼsiri:
Ehtimol: allergik reaksiyalar (teri toshmasi, terining qizarishi, qichishi, angionevrotik shish, nafas siqilishi) oshqozon-ichak buzilishi (epigastral sohadagi ogʻriq, koʻngil aynishi).
Nojoʻya samaralarning paydo boʻlishida qabul qilishni toʻxtatish va shifokorga murojat qilish lozim.

Qoʻllashga qarshi koʻrsatmalar:
— alkogolizm;
— 2 yoshgacha bo’lgan bolalar;
— preparat komponentlariga yuqori taʼsirchanlik.
Muvafaqqiyatli ravishda alkogolizmga qarshi davolanayotgan patsiyentlar Sinureksni qabul qilmasliklari lozim.
Ehtiyotlik bilan: jigar kasalliklari, epilepsiya, bosh miya kasalliklari va jarohatlari (faqat shifokor bilan maslahatlashuvdan keyin qoʻllash mumkin).

Saqlash sharoiti va muddatlari:
Preparatni 25°C dan yuqori boʻlmagan haroratda, bolalar qoʻli yetmaydigan va yorugʻlikdan himoyalangan, quruq joyda saqlash lozim.

Yaroqlilik muddati: 2 yil.

Yaroqlilik muddati tugagandan so’ng qoʻllamang.
Ochilgan flakonlarni 6 oy davomida ishlatish mumkin.