Tonzureks

TONZUREKS
Biologik faol qo’shimcha
QO’LLANISHI BO’YICHA YO’RIQNOMA

 

Ishlab chiqarish shakli: kapsulada kukun

Bitta kapsula tarkibi
Faol moddalar:
Gulxayri dorivor ildiz quruq ekstrakti……………………………………..7,0 mg
Moychechak gullari dorixonaga oid quruq ekstrakti…………………5,0 mg
Grek yong’og’i barglari quruq ekstrakti…………………………………10,0 mg
Oddiy dastarbosh o’ti quruq ekstrakti…………………………………….3,5 mg
Mavrak dorivor barglar quruq ekstrakti…………………………………..3,0 mg
Momaqaymoq dorivor o’t quruq ekstrakti………………………………..3,0 mg
Qirqbo’g’in dala o’ti quruq ekstrakti………………………………………..9,0 mg
Evkalipt bargi quruq ekstrakti……………………………………………….2,0 mg
Yordamchi moddalar: Maltodekstrin

Biokimyoviy tarkib va xususiyatlar
Gulxayri tomiri ekstrakti o’simlik shillig’i, pektinlar, oshlovchi moddalar, yog’li moylar, organik kislotalar, kraxmallar, mikroelementlar va mineral tuzlar manbayiga boy.
Moychechak gullari biofaol moddalar (efir moylar, xamazulen), flavonoidlar, kumarinlar, karotin, vitamin va mineral moddalar, shilliqlar, gajak o’t, organik kislotalar va efir moylarini o’zida mujassam etadi.
Dala qirqbo’g’ini uglevodlarga, qatronga, saponinlar, karotinlar, C vitaminlari, mineral tuzlar, oshlovchi moddalar, flavonoidlar, alkaloidlar, organik kislotalar (olmali, shovulli), yog’li moylar va achchiq moddalarga boy.
Grek yong’og’i bargi – polivitamin vositasi bo’lib, uning tarkibi B guruhidagi C,E,P,K vitaminlariga, kobalt mikroelementlari va temir, α- va β-gidroyuglonlar, oshlovchi moddalarga boy.
Dastorbosh o’ti noyob organik va mineral birikmalar – C, A, K vitaminlar, karotin, taninlar, oshlovchi moddalar, flavonoidlar, alkaloidlar tarkibiga ega.
Dorivor mavrak ekstarkti tarkibi efir va o’simlik moylariga, C, P, E va B6 vitaminlariga, flavanoidlar, terpenoidlar, aminokislotalar (letsitin) tabiiy antibakterial moddalar solvinga boy.
Dorivor momaqaymoq o’ti flavanoidlar, terpenoidlar, efir moylari va qatronlar, gajak o’tlar har xil turlari aralashmasidagi biologik faol moddalarni o’z tarkibiga oladi. Momaqaymoq bargi shuningdek karotin, C, B2 vitaminlari, xolin, nikotin kislotasi, kalsiy, kaliy, marganets, temir, fosfor moddalariga ega.
Evkalipt barglari quruq ekstrakti deyarli 40 dan ortiq komponentlardan tashkil topgan bo’lib, ularning asosiylari bular efir moylari (tsineol, evkaliptol), oshlovchi moddalar, gallotinlar, kumar va korich kislotalaridir. O’zida katta miqdorda mikro va makroelementlar (kalsiy, magniy, kaliy, temir, mis, marganets, kabalt, nikel, kremniy, bor va b), qatronlar, pinenlar, ketonlar, aldegidlar, terpen birikmalar, spirtlar va karbonil birikmalar – gajak gul va fitonsidlarni o’z ichiga oladi.
Tonzurex o’simlik yig’indisi komponentlarining biologik xususiyatlari majmuasi modda almashinuvini faollashtirish, shilliq pardada shamollash va spazmogen omillar shakllanishini kamaytirish bilan xarakterlanadi. Shilliq parda nafas olish organlarigа kirib borib, nafas olish yo’llarini yupqa qatlamli epiteliy bilan qoplaydi va u yuzada uzoq muddat saqlanib qolib zararlanishining oldini oladi. Bronxial temir faolligini oshirish uchun nafas olish yo’llaridan keraksiz moddalar va zarralarni chiqarishga ko’maklashadi, patogen mikroblar rivojini so’ndiradi va shilliq parda orqali toksinlar kirishining oldini oladi. Hujayraviy immunitet ko’rsatkichlarini yaxshilaydi, aylanuvchi immun komplekslarning konsentratsiyasini pasaytiradi.

Qo’llanilishi
Vitaminlar, mikroelementlar va organizm uchun turli foydali biologik faol moddalar kompleksi sifatida o’tkir respirator kasalliklar (tomoq, traxeya, bronxlar)ga qarshi organizmning rezistentligini oshirish uchun tavsiya etiladi.
Bronxial temir funksiyasi va nafas olish yo’llarining epiteliysini to’liq tiklash jarayonlarini yaxshilaydi. Shu bilan birga patogen mikroorganizmlar rivojiga to’sqinlik qiluvchi, respirator tizimining (gortan, tomoq, traxeya) shamollash jarayonlarini keltirib chiqaruvchi sharoitni yaratadi.
Tonzurex qo’llash nafas olish organlari shilliq parda tomirlarini mustahkamlaydi va u yerda qon aylanishini yaxshilaydi.
Bundan tashqari Tonzurexni qo’llash safro shakllanishi va safro ajratish jarayonlarini yaxshilaydi, diurezni normallashtiradi.
Nafas olish funksiyasi va ovqat xazm qilish organlarini mustahkamlaydi, jismoniy va aqliy faollikka hamda umumiy kayfiyatni yaxshilashga ko’maklashadi.

Qo’llash usuli
Kattalar va 6 yoshdan katta bolalar 2 kapsuladan kuniga 2-3 mahal 10-15 kun davomida qabul qiladi. Qabul qilish kursini mutaxassis tavsiyasi bilan takrorlash mumkin.

Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar
Mahsulot komponentlariga o’ta shaxsiy sezuvchanlik. Homilador va еmizikli ayollarga, 6 yoshgacha bolalarga.

Nojo’ya ta’sirlari
Allergik reaksiya ehtimoli mavjud. Holat o’zgarishning ilk alomatlari paydo bo’lganda preparatni qabul qilishni to’xtatib, shifokorga murojat etish zarur.

Saqlash sharoiti
Qorong’i va quruq joyda, 25 °C oshmagan haroratda saqlang.