Tonzureks tomchilar

TONZUREKS
Biologik faol qo’shimcha
QO’LLANISHI BO’YICHA YO’RIQNOMA

 

Chiqarilish shakli, tarkibi va qadogʻi:
100 ml – dozalashtiradigan tomchili moslama bilan qoramtir shishali flakonlar (1) – karton qutilar.
Shaffof yoki sariq-jigarrang tusdagi biroz xira suyuqlik koʻrinishidagi, moychechakga xos hid bilan ichga qabul qilish uchun tomchilar.

Tarkibi:
Suv-spirtli ekstrakt – 29 g (dorivor oʻsimlik xomashyosining aralashmasidan): gulxayri ildizi – 0,4 g, moychechak gullari – 0,3 g, qirqboʻgʻim oʻsimligi – 0,5 g, grek yongʻogʻi barglari – 0,4 g, boʻyimodaron oʻsimligi – 0,4 g, evkalipt barglari – 0,002 g, dorivor qoqioʻt oʻsimligi – 0,4 g.
Yordamchi moddalar: kaliy sorbat, tozalangan suv.

Biokimyoviy tarkibi va xususiyatlari:
Gulxayri ildizining ekstrakti oʻsimlik shilimshigʻi, pektin, oshlovchi moddalar, yogʻli moylar, organik kislotalar, kraxmal, mikroelementlar va mineral tuzlarning boy manbai.
Moychechak gullari tarkibida biofaol moddalar (efir moylari, xamazulen), flavonoidlar, kumarinlar, karotin, vitaminlar va mineral moddalar, shilimshiqlar, zardoblar, organik kislotalar va efir moylari mavjud.
Dala qirqboʻgʻim oʻsimligi uglevodlar, saqichlar, saponinlar, karotinlar, C vitamini, mineral tuzlar, oshlovchi moddalar, flavonoidlar, alkaloidlar, organik kislotalar (olmali, shovulli), yogʻli moylar va achchiq moddalarga boy.
Grek yongʻogʻi barglari – polivitamin moddasi, uning tarkibida C, E, P, K vitaminlari, B guruhi vitaminlari, mikroelementlar: kobalt va temir, α- va β-gidroyuglonlar, oshlovchi moddalar mavjud.
Boʻyimodaron oʻsimligi organik va mineral birikmalar – C, A, K vitaminlari, karotin, taninlar, oshlovchi moddalar, flavonoidlar, alkaloidlarning betakror tarkibiga ega.
Dorivor marmarak ekstrakti tarkibida efir va oʻsimlik moylari, C, P, E va B6 vitaminlari, flavonoidlar, terpenoidlar, aminokislotlar (letsitin), solvin tabiiy antibakterial modda mavjud.
Dorivor qoqioʻt oʻsimligi flavonoidlar, terpenoidlar, efir moylari va saqichlar, zardoblar har xil turlarining aralashmasi koʻrinishidagi biologik faol moddalarni oʻz ichiga oladi. Qoqioʻt barglari tarkibida shuningdek karotin, C, B2 vitaminlari, xolin, nikotin kislotasi, kalsiy, kaliy, marganes, temir, fosfor mavjud.
Evkalipt quruq barglarining ekstrakti deyarli 40 ta komponentlardan iborat, ulardan asosiylari: efir moylari (sineol, evkaliptol), oshlovchi moddalar, gallotaninlar, zira va dolchin kislotalari. Tarkibida katta miqdordagi mikro- va makroelementlar (kalsiy, magniy, kaliy, temir, mis, marganes, kobalt, nikel, kremniy, bor va hokazo), saqich, pinenlar, ketonlar, aldegidlar, terpen birikmalari, spirtlar va karbonil birikmalari – zardoblar va fitonsidlar mavjud.
Tonzureks oʻsimlik toʻplami komponentlari, biologik xususiyatlarining umumlashmasi, moddalar almashinuvining faollashuvi, shiliq qavatda shamollashga qarshi va spazmogen omillar hosil boʻlishining kamayishi bilan tavsiflanadi. Shiliqlar nafas olish aʼzolariga kirib borgan holda nafas olish yoʻllarining epiteliysini nozik qatlam bilan qoplashadi, u uzoq vaqt yuzada saqlanib qoladi va ularni yalligʻlanishdan saqlaydi.
Bronxial bezlar faolligining ortishi nafas olish yoʻllaridan keraksiz moddlalar va zarralarning chiqarib yuborilishiga xizmat qiladi, patogen mikroblarning rivojlanishi va shiliq qavat orqali toksinlarining kirib borishiga to’sqinlik qiladi. Hujayraviy immunitetning koʻrsatkichlari yaxshilanadi, sirkulyatsiya boʻlib turuvchi immun majmualarining konsentratsiyasi pasayadi.

Qoʻllashga koʻrsatmalar:
Organizmning oʻtkir respirator kasalliklari (tomoq, traxeyalar, bronxlar)ga rezistentliligini oshirish uchun vitaminlar, mikroelementlar va organizm uchun turli xil foydali biologik faol moddalarning majmuasi sifatida tavsiya etiladi.
Bronxial bezlar funksiyasi va nafas olish yoʻllari epiteliysining butunligini tiklash jarayonlarini yaxshilash uchun qoʻllaniladi. Bunda respirator tizim (hiqildoq, tomoq, traxeyalar)ning shamollash jarayonlarini qoʻzgʻatuvchi patogen mikroorganizmlarning rivojlanishiga toʻsqinlik qiluvchi sharoitlar yaratiladi.
Tonzureks qoʻllanilishi nafas olish aʼzolari shilliq qavatining tomirlarini mustahkamlaydi va u yerdagi qon aylanishini yaxshilaydi.

Dozalashtirish tartibi:
Preparat ichga qabul qilinadi. Ichga qabul qilish uchun, tomchilar aralashtirilmagan koʻrinishda, yutishdan oldin ogʻizda bir muddat ushlab turgan holda qabul qilinadi.
Simptomlar rivojlanishining oʻtkir davrida: kattalarga – kuniga/5-6-marta 25 ta tomchidan, maktab yoshidagi bolalarga (6 yoshdan katta)- kuniga/5-6-marta 15 ta tomchidan, maktabgacha bo’lgan yoshdagi bolalarga (1 yoshdan katta) – kuniga/5-6-marta 10 ta tomchidan.
Oʻtkir simptomlar (tomoqdagi ogʻriq) yoʻqolgandan keyin yana 1 hafta davomida preparat bilan davolashni davom ettirish lozim: kattalarga – kuniga/3-marta 25 ta tomchidan, maktab yoshidagi bolalarga (6 yoshdan katta)- kuniga/3-marta 15 ta tomchidan, maktabgacha bo’lgan yoshdagi bolalarga (1 yoshdan katta) – kuniga/3-marta 10 ta tomchidan.
Qoʻllashdan avval preparatni chayqatish lozim.

Qarshi koʻrsatmalar
Mahsulot komponentlariga yuqori shaxsiy taʼsirchanlik.
Homiladorlik va emizish, 1 yoshgacha bo’lgan bolalarga.

Nojoʻya taʼsirlar:
Allergik reaksiyalar ehtimoli bor. Noodatiy his qilishlarning ilk alomatlari paydo boʻlishida preparatni qabul qilishni toʻxtatish lozim.

Saqlash sharoiti:
25°C dan yuqori boʻlmagan haroratda, yorugʻliqdan himoyalangan, quruq joyda saqlang.