Preparatning savdo nomi: Ayfloks
Ta’sir etuvchi modda(XPN): siprofloksatsin
Dori shakli: ko‘z tomchilari
Tarkibi:
1 ml 0,3% li eritma quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: siprofloksatsin gidroxloridi (siprofloksatsinga ekvivalent) – 3,0 mg.
yordamchi moddalar: dinatriy edetati, natriy xloridi, benzalkoniy xloridi , xlorid kislotasi, in’eksiya uchun suv.
1 ml 0,15% li eritma quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: siprofloksatsin gidroxloridi (siprofloksatsinga ekvivalent)- 1,5 mg.
yordamchi moddalar: dinatriy edetati, natriy xloridi, benzalkoniy xloridi, xlorid kislotasi, in’eksiya uchun suv.
Ta’rifi: rangsizdan to sarg‘ish-yashil ranggacha bo‘lgan tiniq eritma.
Farmakoterapevtik guruhi: Antibakterial sintetik vosita (ftorxinolonlar guruhi).
ATX kodi: J01MA02
