Ishlab chiqarish

Bizning ishlab chiqarish majmuamiz qariyb 8500 m2 maydonda joylashgan bo‘lib zamonaviy va to‘liq avtomatlashtirilgan uskunalar bilan jihozlangan.

Ishlab chiqarish majmuasi

Bizning ishlab chiqarish majmuamiz qariyb 8500 m2 maydonda joylashgan bo‘lib  zamonaviy va  to‘liq avtomatlashtirilgan uskunalar bilan jihozlangan.

Dori vositalari va tibbiyot buyumlarini ishlab chiqarish ampulalarda inyeksion dori vositalari, ko‘z va quloq tomchilari; tomoq va burun spreylari; burun bo‘shlig‘ini namlantirish va yuvish uchun vositalar; to‘liq ishlab chiqarish sikliga ega bo‘lgan gigiyena vositalarini ishlab chiqarish, qadoqlash va markirovkalashni qamrab olgan.

Bunda zanglamaydigan po‘latdan yasalgan reaktorlar, flakon yuvish mashinalari, flakonlarni to‘ldirish va yopish mashinalari, suv avtoklavlari, markirovkalash, yorliqlash mashinalari va boshqa texnologik uskunalar qo‘llaniladi.

Zaruriy  sifatli mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun barcha texnologik jarayonlar me’yoriy hujjatlar talablari, dori vositalari va tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish va qadoqlash bo‘yicha texnik ko‘rsatmalar, jarayonlar bo‘yicha mavjud ichki hujjatlar va ishlab chiqarishda talab qilinadigan tozalikni saqlashni hisobga olgan holda amalga oshiriladi.