Kompaniya haqida

Aseptica MCHJ Dori vositalari va tibbiy buyumlari ishlab chiqarish bo‘yicha farmatsevtika faoliyatini amalga oshiradi

Sifat siyosati

"Aseptica" MCHJ farmatsevtika kompaniyasi bo‘lib, oftalmologik preparatlar, shuningdek, og‘iz va burun bo‘shlig‘iga qo‘llash uchun dorivor va gigiyena vositalarini ishlab chiqaradi. Mahsulotlar zamonaviy moddiy-texnik bazasi tufayli ISO:13485 talablariga javob beradi. Ishlab chiqarish binolari va omborlar texnologik jihatdan xalqaro GMP – Zarur farmatsevtik amaliyoti sifat standartlari asosida qurilgan. “Aseptika” MCHJning asosiy ustunligi mahsulot sifatidir. Korxona tomonidan ishlab chiqariladigan dori vositalari va tibbiy buyumlar oftalmologiya va otorinolaringologiya sohasidagi tibbiyot mutaxassislari tomonidan samarali deb tan olingan va bemorlar orasida talabga ega. Mahsulotlarning  aksariyati  glaukoma, katarakta va ko‘z yuzasining boshqa kasalliklarini, shu jumladan quruq ko‘z sindromini davolash va oldini olish uchun mo‘ljallangan. Bundan tashqari, dori vositalarining keng assortimenti yuqumli kasalliklar, og‘iz bo‘shlig‘i, farenks va burundagi yallig‘lanish jarayonlarini mahalliy davolash va oldini olishda qo’llaniladi.

Kompaniya xronologiyasi

2016

Tadbirkorlik subyekti sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tish

2017

- dori vositalari va tibbiy buyumlar ishlab chiqarish bo‘yicha farmatsevtika faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya olish

2018

- flakonlarda ko‘z tomchilari va sprey shaklida tibbiy buyumlarni ro‘yxatdan o‘tkazish va ishlab chiqarishni boshlash

2019

- Qirg‘izistonda ko‘z tomchilari shaklida birinchi dori vositalari va tibbiy buyumlarni ro‘yxatdan o‘tkazilganligi tug‘risida guvohnoma olish
- birinchi million mahsulotli qadoqlash

2020

- tibbiy buyumlarni yaratish, ishlab chiqarish va sotish bo‘yicha ISO 13485: 2016 talablariga rioya etilishini tasdiqlovchi sertifikatni olish
- Gruziyaga farmatsevtika mahsulotlarini birinchi eksportini amalga oshirish

2021

– Qozog‘istonda birinchi tibbiy asboblarni ro‘yxatdan o‘tkazish va birinchi eksportini amalga oshirish to‘g‘risidagi guvohnomani olish
- Ampulalarda inyeksiya uchun eritmalar ko'rinishidagi birinchi dori vositalarini ro'yxatdan o'tkazish va ishlab chiqarishni boshlash
- Yangi ishlab chiqarish maydonchasida farmatsevtika faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya olish

2022

O‘zDSt 2766: 2018 «GMP» zaruriy farmatsevtika amaliyoti talablariga rioya etilishini tasdiqlovchi milliy sertifikatni olish