Moglinat

Preparatning savdo nomi: Moglinat®

Ta’sir etuvchi modda (XPN): tolperizon, lidokain

Dori shakli: in’eksiya uchun eritma

Tarkibi:

1 ampula (1 ml) quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: tolperizon gidroxloridi – 100 mg; lidokain gidroxloridi – 2,5 mg

yordamchi moddalar: metilparagidroksibenzoat, dietilenglikolmonoetilefir, in’eksiya uchun suv

Ta’rifi: tiniq, rangsiz yoki yengil yashil rangli, o‘ziga hos hidli eritma

Farmakoterapevtik guruxi: markaziy ta’sirga ega miorelaksant.

ATX kodi: M03VX04