Triodeks fenilefrin bilan

Preparatning savdo nomi: Triodeks fenilefrin bilan

Ta’sir etuvchi modda(XPN): neomitsin sulfat, polimiksin V sulfat, deksametazon natriy metasulfobenzoat, fenilefrin gidroxlorid.

Dori shakli: nazal sprey

Tarkibi:

1 ml preparat eritmasi quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: neomitsin sulfat – 6 500 XB, polimiksin V sulfat – 10 000 XB, deksametazon (natriy metasulfobenzoat ko‘rinishida) – 0,25 mg, fenilefrin gidroxloridi – 2,5 mg;

yordamchi moddalar: metilparaben, litiy xlorid, limon kislotasi, litiy gidroksid, makrogol 400, polisorbat-80, tozalangan suv.

Ta’rifi: rangsizdan och-sariq ranggacha bo‘lgan tiniq eritma.

Farmakoterapevtik guruhi: yallig‘lanishga qarshi preparatlar mikroblarga qarshi preparatlar bilan majmuada. Kortikosteroidlar mikroblarga qarshi preparatlar bilan majmuada.

ATX kodi: S01CA01